Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 19-may kuni filialning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi tomonidan Ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan 500 tadan ortiq Telegram, YouTube, Facebook, Instagram, TikTok sahifalari, saytlar, kitoblar va nashidalar ro‘yxati eʼlon qilinganligi munosabati bilan filial professor-o‘qituvchilari va xodimlarini ushbu ro‘yxat bilan tanishtirish, shubhali diniy mazmundagi audio, video va boshqa turdagi media mahsulotlarni internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridan yuklab olmaslik va tarqatmaslik bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.