Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida seminar tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida ilmiy salohiyatni yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mustaqil tadqiqotchilarga ilmiy maslahatlar berish maqsadida seminar tashkil etildi.
Unda “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi v.b. dotsenti, f.f.b.f.d (PhD) U.Azimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophiy, PhD) hamda fan doktori (Doctor of Sciences, DSc) dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini ishtirokchilarga tanishtirdi.


