Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida “Savodxon” loyihasi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi
Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan hamda Davlat tilida ish yuritishda ish hujjatlaridagi matndagi imlo xatolarini dasturiy vosita yordamida tezkor aniqlash va ularni tuzatish imkonini beruvchi “Savodxon” loyihasi bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilib, ushbu ilovaga Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialidagi mas’ul xodimlar ro‘yxatga olindi hamda ushbu ilovadan foydalanish tartibi filial professor-o‘qituvchilari va xodimlariga tushuntirib berildi.


