Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida Respublika ilmiy-amaliy anjuman
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida o‘tkazilayotgan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi dolzarb muammolar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanda institut professori, pedagogika fanlari nomzodi Ortug‘mat Sangilboyevich Jumanov “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini rivojlantirish samaradorligi” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fanining o‘qitilish jarayonini takomillashtirish zarurati, o‘qituvchilarning malakasini muntazam oshirish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari ilmiy asosda yoritildi.


