Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida Respublika ilmiy-amaliy anjuman
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida tashkil etilayotgan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi dolzarb muammolar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanda institutning Farg‘ona filiali professori, tarix fanlari doktori Bahriddin Ahmedovich Usmonov “Temuriylar jamiyatida sport musobaqalari” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada Temuriylar davrida sport musobaqalarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni, jismoniy tayyorgarlikka bo‘lgan e’tibor, shuningdek, o‘sha davrda shakllangan sport madaniyati va uning tarbiyaviy ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilindi.


