Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida Respublika ilmiy-amaliy anjuman
O’zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida tashkil etilayotgan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi dolzarb muammolar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanda institut professori, psixologiya fanlari doktori Oybek Eshboevich Hayitov “Sport sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy modeli: muammolar va yechimlar” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada sport sohasida kadrlar malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy tizimga moslashtirish hamda o‘quv dasturlarining zamonaviy yondashuvlar asosida yangilanishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Professor Hayitovning tahliliy fikrlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda ilmiy munozaraga boy muhit yaratdi.


