Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida Respublika ilmiy-amaliy anjuman
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida tashkil etilayotgan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi dolzarb muammolar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanda Farg‘ona filiali professori, pedagogika fanlari doktori Sher Hakimovich Xankeldiyev “Jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilari va sport trenerlarining ‘Jismoniy harakatlar tavsifi’ga mansub kasbiy nazariy bilimlari va amaliy malakalarining monitoringi” mavzusida ma’ruza qildi.
Unda jismoniy madaniyat fani o‘qituvchilari hamda sport trenerlarining kasbiy nazariy bilim va amaliy malakalarini muntazam monitoring qilish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilash yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari surildi.



