Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida psixologik seminar-trening tashkillandi
Joriy yilning 8-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida o'qituvchi va xodimlar o'rtasida ishlashga bo‘lgan munosabatni yanada oshirish maqsadida psixologik seminar-trening tashkillandi.
Psixologik treningda filial "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar" kafedrasining "Sport psixologiyasi" fani o‘qituvchisi Shahnoza Kurbonova tomonidan xodimlar kayfiyatlarini ko'tarish, ishlashga bo‘lgan munosabatlarini yanada oshirish, hafta davomida yig‘ilgan charchoqlarni unutish maqsadida dam olish daqiqasi tashkil etildi.
Seminar-treningda dam olish, hordiq chiqarish, charchoqni yozadigan, kuch-quvvatni asliga keltiradigan, ish qobiliyatini tiklashga yordam beradigan mashqlardan foydalanildi.




