Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida pedagogik amaliyot darsi tashkil qilindi.
Joriy yilning 16-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi  dotsenti  O.Qambarov tomonidan Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari 5-guruh tinglovchilari uchun  Yengil atletika sport turidan “Qisqa masofaga yugurish”  mavzusida amaliy pedagogik amaliyot darsi tashkil qilindi.
Unda tinglovchilarga mavzu yuzasidan amaliy ko’rsatma va tavsiyalar berildi. Tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.