Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVINING KONSTITUSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Joriy yilning 13-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVINING KONSTITUSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Unda filialning professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etishdi.
Ushbu davra suhbatida tinglovchilar mamlakatimizda 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bilan yaqindan tanishtirildi. Davra suhbati yakunida Tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan asosli javoblar berildi. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.



