Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda shaxmat bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va musobaqalar o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda shaxmat bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va musobaqalar o‘tkazildi.


