Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati davra suhbati tashkillandi.
Farg‘ona filialida Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini Farg‘ona Davlat universiteti Tarix fakulteti, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti Layloxon Begimqulova olib bordi. Davra suhbatida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy - tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri N.Yuldasheva va kafedra o‘qituvchilari, “Dzyudo” guruhi tinglovchilari hamda onlayn tarzda "Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari" malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.


