Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uning mazmun-mohiyati haqida davra suhbati o‘tkazildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11-sentabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son Farmoni va unda belgilangan vazifalarni jamoatchilikka keng targ‘ib etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti v.b. f.f.b.f.d.,(PhD) U.Azimov, xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uning mazmun-mohiyati haqida aytib o‘tdi.