Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ramzi aks etgan zamonaviy stend joylashtirildi.
Jismoniy  tarbiya  va  sport  boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish  institutining 2024-yil  3-maydagi  U  48-sonli buyrugʻi  ijrosini  taʼminlash maqsadida Farg‘ona filialining hududga kirish qismiga “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ramzi aks etgan zamonaviy stend tayyorlanib, joylashtirildi. 
Shuningdek, filialda xodimlar hamda tinglovchilarni «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi, uning asosiy gʻoyasi, maqsad va vazifalari, ustuvor yoʻnalishlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida oʻquv binosi yoʻlaklari boʻylab «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasiga oid zamonaviy stendlar joylashtirilgan.