Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan tadbirlar davom etmoqda…
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-oktabrdagi “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kunini mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-24/24-170-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydilar. Shuningdek tadbirda Alisher Navoiyning o’zbek adabiy tili ravnaqiga qo’shgan hissasi haqida fikrlar yuritildi.

