Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida o‘tkazilayotgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanining 2-kuni

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida o‘tkazilayotgan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi dolzarb muammolar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanining 2-kuni hosil bayrami va kitoblar ko'rgazmasi bilan boshlandi.
Hosil bayrami — bu xalqimizning mehnatsevarligi, tabiatga mehr-muhabbati va baraka timsoli bo‘lgan ayyomdir. Bu bayram har bir yurtdoshimizda faxr, shukronalik va mehnatga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytiradi. Shu munosabat bilan Farg'ona filialida  tadbir hamda  kitoblar ko'rgazmasi tashkillandi. Tadbir tashkillashdan asosiy maqsad mehnatni ulug‘lash, barakali hosilni nishonlash va xalqimizning mehnatsevarligini qadrlashdir.