Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratilishi yuzasidan yig‘ilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Mamajonov Qosimjon Maripjon o'g'li tomonidan tayyorlangan «Axborot xavfsizligi»  nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasining yaratilishi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 
Muallif o‘z taqdimoti davomida “Axborot xavfsizligi” bo‘yicha asosiy tushunchalar, axborot xavfsizligi asoslari nimalardan iborat ekanligi, axborot xavfsizligida ishlatiladigan texnik va dasturiy vositalar turlari, ma'lumotlarni himoyalash usullari haqida  ma’lumotlar berib o‘tdi.