Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratilishi yuzasidan yig‘ilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kurbonova Shaxnoza Nimadovna tomonidan tayyorlangan «Sportchilar qobiliyatini rivojlantirish» («Sport turlari bo‘yicha trenerlar» malaka oshirish kursi tinglovchilari   uchun mo‘ljallangan) nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasining yaratilishi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 
Muallif o‘z taqdimoti davomida “Sportchilar qobiliyatini rivojlantirish” bo‘yicha sportchilarning ruhiy faoliyatning umumiy xususiyatlari bilan bir qatorda qiziqishi, qobiliyati, kabi shaxsiy individual xususiyatlari tavsiflanishi va uning asosida har bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan xislatlari, fazilatlari yotishi,  har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil sifat kutish mumkin emasligi, chunki insonlar o‘z qobiliyati bo‘yicha bir-biridan muayyan darajada farq qilishi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.