Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida o‘quv-uslubiy majmualar holati tahlil qilindi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi tomonidan o‘quv-uslubiy majmualarni doimiy takomillashtirib borish maqsadida, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmualarni institut tomonidan tasdiqlangan ishchi o‘quv dasturlariga mosligi o‘rganib chiqildi. Shuningdek, o‘quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib o‘tildi hamda filialning masofaviy ta’lim platformasiga takomillashtirilgan o‘quv-uslubiy majmualarni joylashtirish holati ko‘rib chiqildi.