Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida o‘quv jarayonlariga malakali xorijiy sport mutaxassislari jalb qilinmoqda
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining o‘quv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish rejasiga asosan Farg‘ona filialida joriy yilning 20-sentabr kuni “Neftchi” PFK bosh treneri Vitaliy Grigorevich Levchenko hamda yordamchi trener Vladimir Raimovich Ejurovlar (Tojikiston) tomonidan futbol guruhi tinglovchilari uchun “Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlashda trenerni o‘rni” mavzusida nazariy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotda:
Iqtidorlik futbolchilarni saralash;
Mashg‘ulot va o‘yin tahlili;
Tizimli mikro va makro tsikllar ishlab chiqish;
Futbolchilarga g‘oliblik ruhini singdirish;
Jamoaning jismoniy holatini nazorat qilish borasida tavsiyalar berildi.



