Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida o'quv binosi va xonalari yangi oʻquv yiliga shay holatga keltirildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida o'quv binosi va xonalari joriy ta'mirlanib yangi o'quv yiliga shay holatga keltirildi. 
 Jumladan, filial o'quv binosi yo'laklari, zinalari, devorlari, xonalarda  ta'mirlash ishlari olib borildi. Shuningdek, yoritish chiqorlari ko'zdan kechirilib, yangilariga almashtirildi, o'quv xonalaridagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari texnik ko'rikdan o'tkazilib, yangi o'quv yiliga tayyor holatga keltirildi.