Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida o‘quv adabiyotlarining yaratilishi yuzasidan yig‘ilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 31-mart kuni Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kurbonova Shaxnoza Nimadovna tomonidan tayyorlangan «BOLALAR PSIXOLOGIYASI» («Jismoniy tarbiya instruktori » malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun mo‘ljallangan) nomli o‘quv qo‘llanmasining yaratilishi bo‘yicha maʼlumotlar berildi.
Muallif o‘z taqdimoti davomida o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilishi, bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlari, maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi, ilk bolalik, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish jarayonlari, maktabgacha yoshdagi bolalarga xos individual psixologik xususiyatlari haqida maʼlumotlar berib o‘tdi.


