Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida o‘quv adabiyotlarining yaratilishi yuzasidan yig‘ilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi v.b. dotsenti, f.f.b.f.d. (PhD) Azimov Ulug‘bek Abduxalilovich tomonidan tayyorlangan «YANGI O‘ZBEKISTONDA TARAQQIYOT STRATEGIYASI» («Sport turlari bo‘yicha trenerlar» malaka oshirish kursi tinglovchilari   uchun mo‘ljallangan) nomli o‘quv qo‘llanmasining yaratilishi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 
Muallif o‘z taqdimoti davomida o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilishi, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarning mazmun va maqsadi, besh yilda davlatimiz tomonidan siyosiy, sud-huquq tizimi, iqtisodiy, ijtimoiy va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik hamda tashqi siyosat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishi bo‘yicha beshta muhim tashabbusi borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.