Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida onlayn seminar tashkillandi

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʼyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida ZOOM ilovasi orqali O‘zbekıston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 392-son qarori yuzasidan malaka oshirish kursi “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” 1, 4-guruh tinglovchilari bilan onlayn seminar o‘tkazildi. 
Seminar davomida filialning “Sport  psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar”  kafedrasi dotsenti N.Sharipova tomonidan ushbu qaror mazmun-mohiyati, shuningdek maktab o‘quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o‘quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan olib boriladigan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.