Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida onlayn seminar tashkillandi

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʼyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida ZOOM ilovasi orqali “OMMAVIY MADANIYAT” – MA’NAVIY TAHDID SIFATIDA” mavzusida malaka oshirish kursining “Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari” 1, 2-guruh tinglovchilari bilan onlayn seminar  o‘tkazildi. 
Seminar davomida filialning “Sport  psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar”   kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Kurbonova globallashuv davridagi asosiy muammolardan biri bo‘lgan va yoshlar ahloqiga salbiy ta’sir etuvchi illatlardan biri “Ommaviy madaniyat” haqida ishtirokchilarga  ma’lumotlar berdi.