Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida onlayn seminar tashkillandi.

Joriy yilning 27-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida filial rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi mas’ullari, sport ta’lim muassasalarining rahbar va o‘rinbosarlari, soha mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida malaka oshirish kurslari reja bajarilishi hamda kasbiy faoliyat natijalarini baholash mezonlari bo‘yicha onlayn seminar tashkillandi.