Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida onlayn seminar tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida ZOOM ilovasi  orqali “Ommaviy madaniyat bilan bog‘liq mafkuraviy tahdidlarning oldini olish” mavzusida Jismoniy tarbiya instruktorlari malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida onlayn seminar  o‘tkazildi.
 Seminar davomida filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Kurbonova globallashuv davridagi asosiy muammolardan biri bo‘lgan va yoshlar ahloqiga salbiy ta’sir etuvchi illatlardan biri “Ommaviy madaniyat” haqida ishtirokchilarga  ma’lumotlar berdi.