Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida onlayn seminar o'tkazildi
Joriy yilning 6-may kuni kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali Jismoniy tarbiya instruktorlari yo‘nalishi tinglovchilari ishtirokida “Odam savdosi - davr muammosi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar ZOOM ilovasi orqali onlayn tarzda o‘tkazildi.
Seminarni filialning "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar kafedrasi”ning "Bolalar psixologiyasi" fani o‘qituvchisi Shahnoza Kurbonova olib bordi. Seminar bahs-munozara shaklida bo‘lib o‘tdi.

