Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida onlayn ochiq dars mashg‘uloti tashkillandi

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida 2024-yil 10-yanvar kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti (PhD) U.Azimov  tomonidan “Jismoniy tarbiya  fani oʻqituvchilari” yo‘nalishi “Maktab-1” guruhi tinglovchilariga onlayn zoom ilovasi orqali “Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning normativ-huquqiy hujjatlari” modulidan “Oʻzbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari” mavzusida namunali ochiq dars mashg‘uloti boʻlib oʻtdi.