Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida onlayn ochiq dars mashg’uloti o‘tkazildi
Joriy yilning 26-may kuni Farg‘ona filiali «Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi O‘.F.O‘rinova  tomonidan «Pedagogning professional kompetentligi va mahorati»  modulidan Maktabgacha ta’lim tashkiloti «Jismoniy tarbiya  instruktori» yo‘nalishi tinglovchilariga Zoom dasturi orqali «Pedagogning autopsixologik professional kompetentligini rivojlantirish usullari» mavzusida ochiq darsi o‘tkazildi. 
Ochiq dars davomida tinglovchilarga pedagogning o‘z hissiyotini boshqara olishi va sog‘lom shaxsni shakllantirishda tarbiya turlari haqida ma’lumotlar berib o’tildi.