Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida onlayn muloqot va turli katta tadbirlar, seminarlar o'tkazish uchun maxsus zamonaviy xona tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida onlayn seminarlar, davra suhbatlari, muhokamalar, uchrashuvlar va shu kabi qator tadbirlarni sifatli tashkillash maqsadida maxsus xona tashkillandi hamda ushbu xona zamonaviy onlayn audio-video muloqot qurilmalari, 86 dyumli interaktiv panel va uning qo'shimcha komponentlari bilan jihozlandi.


