Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida onlayn davra suhbati tashkillandi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi tomonidan sentabr oyi jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari va jismoniy tarbiya instruktorlari guruhi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun masofaviy ta’lim platformasidan foydalanish davomida uchrayotgan savollarga javob berish, institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, onlayn test tizimi, undan foydalanish tartibi hamda elektron kutubxonadan foydalanish haqida onlayn davra suhbati tashkillandi.
Ushbu onlayn davra suhbatida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi.


