Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida onlayn davra suhbati tashkillandi.
Joriy yilning 25-may kuni filialning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi tomonidan may oyi maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlari yo‘nalishi tinglovchilari uchun yakuniy test jarayonlari, onlayn test tizimi, undan foydalanish tartibi, malaka sertifikatlarini onlayn yuklab olish haqida onlayn davra suhbati tashkillandi. 
Ushbu onlayn davra suhbatida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi.