Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida onlayn davra suhbati tashkillandi
Joriy yilning 11-may kuni filialning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi tomonidan may oyi jismoniy tarbiya instruktori malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun guruh rahbarlari hamkorligida masofaviy ta’lim platformasi, onlayn test tizimi, undan foydalanish tartibi, bilimlarni sinash va mustahkamlash uchun mo‘ljallangan onlayn tizim haqida onlayn davra suhbati tashkillandi. 
Ushbu onlayn davra suhbatida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi.