Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida onlayn davra suhbati tashkillandi.
Joriy yilning 26-aprel kuni filialning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi tomonidan jismoniy tarbiya instruktorlari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun guruh rahbarlari hamkorligida yakuniy test jarayonlari, onlayn test tizimi, undan foydalanish tartibi, bilimlarni sinash va musahkamlash uchun yangi yaratilgan onlayn tizim haqida onlayn davra suhbati tashkillandi.
Ushbu onlayn davra suhbatida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi.


