Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida onlayn davra suhbati tashkillandi.
Joriy yilning 25-fevral kuni Farg‘ona filiali direktor o‘rinbosari, Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring bo‘limi, Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi hamda filialning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi hamkorligida fevral oyi maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlari yo‘nalishi tinglovchilari uchun yakuniy test jarayonlari, onlayn test tizimi, undan foydalanish tartibi haqida onlayn davra suhbati tashkillandi.
Ushbu onlayn davra suhbatida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi.


