Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida onlayn davra suhbati tashkillandi
Joriy yilning 13-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filialida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish” bo‘limi tomonidan oktabr oyi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilariga filial masofaviy ta’lim platformasi hamda onlayn test tizimi haqida onlayn davra suhbati tashkillandi.
Ushbu onlayn davra suhbatida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi.


