Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida onlayn davra suhbati tashkillandi
Joriy yilning 6-oktabr kuni Farg‘ona filialida 800 metrga yugurishda O‘zbekiston rekordchisi Zamira Xamatxanovna Zaitseva hamda 5000 metrga yugurish boʻyicha Oʻzbekiston rekordchisi, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi v.b. professori Ashur Nazarovich Normurodov tomonidan filialning oktabr oyi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish guruhi tinglovchilari ishtirokida onlayn davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari onlayn tarzda zoom ilovasi orqali ishtirok etdi hamda ular yengil atletikaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Tadbir so‘ngida filial direktori A.Tishabayev uchrashuv ishtirokchilariga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.



