Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi
Joriy yilning 24-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi. Bayramona ruhda o'tkazilgan tadbirlarda tinglovchilar "Basketbol", "Voleybol" hamda "Futbol" sport turlari bo'yicha hududlarga (Andijon, Namangan, Farg'ona) bo'lingan xolda qizg'in bellashuvlar olib bordilar.
Natijalar:
“BASKETBOL”
3-o’rin “ANDIJON” tinglovchilari terma jamoasi;
2-o’rin “FARG’ONA” tinglovchilari terma jamoasi;
1-o’rin “NAMANGAN” tinglovchilari terma jamoasi.
“VOLEYBOL”
3-o’rin “FARG’ONA” tinglovchilari terma jamoasi;
2-o’rin “ANDIJON” tinglovchilari terma jamoasi;
1-o’rin “NAMANGAN” tinglovchilari terma jamoasi.
“FUTBOL”
3-o’rin “ANDIJON” tinglovchilari terma jamoasi;
2-o’rin “FARG’ONA” tinglovchilari terma jamoasi;
1-o’rin “NAMANGAN” tinglovchilari terma jamoasi.
Umum jamoa natijalari uchun 3-o'rin “ANDIJON” tinglovchilari terma jamoasiga, 2-o’rin “FARG’ONA” tinglovchilari terma jamoasiga va 1-o’rin “NAMANGAN” tinglovchilari terma jamoasiga nasib etdi.



