Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida “Odam savdosining ayanchli oqibatlari” mavzusi yuzasidan onlayn zoom konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 28-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Odam savdosining ayanchli oqibatlari” mavzusi yuzasidan onlayn zoom konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Onlayn zoom konferensiyasida Farg‘ona Davlat Universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi o’qituvchisi Xakimov Axadjon, Filial pedagoglari va jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari yo’nalishi tinglovchilari ishtirok etishdi. A.Xakimov bu masalada barcha insonlar xushyorlikni oshirib, birovlarning aldovlariga ishonib qolmasliklari lozimligini ta’kidladi. Konferensiya savol-javoblarga boy tarzda yakunlandi.


