Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida “Odam savdosiga qarshi kurash” mavzusida onlayn seminar o’tkazildi.

Joriy yilning 27-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Odam savdosiga qarshi kurash” mavzusida onlayn seminar o’tkazildi. Onlayn seminarda Farg‘ona Davlat Universiteti “O‘zbekiston tarixi ” kafedrasi mudiri Nargiza Alimova , “O‘zbekiston tarixi ” kafedrasi o’qituvchisi  To’ychiyev Baxtiyorjon, Filial professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari hamda “Jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari” guruhi tinglovchilari qatnashdilar. Seminarni “Pedagogika va psixologiya”  kafedrasi mudiri N.E.Yuldasheva   ochib berdi. “Odam savdosiga qarshi kurash ishlari to‘g‘risida“gi qonun  ijrosini ta’minlash maqsadida taklif etilgan Farg‘ona Davlat Universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri Nargiza Alimova hamda “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi o’qituvchisi  To’ychiyev Baxtiyorjonlar o‘z ma’ruzalarida odam savdosiga qarshi kurash haqida so’z yuritdilar. Onlayn seminar davomida tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.