Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida ochiq dars mashg‘uloti va uning tahlili o‘tkazildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali  professor o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan darslar doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 14-noyabr  kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar”  kafedrasi  dotsenti Yuldasheva M.B. tomonidan “Sport psixologiyasi” modulidan  “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” yo‘nalishi, Futbol guruhi tinglovchilariga “Sport faoliyatida bilish jarayonlarining roli” mavzusidagi namunaviy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Ushbu ochiq darsda “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar”  kafedrasi mudiri N.Yuldasheva va kafedra professor-o‘qituvchilari, Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi hamda dars to‘laqonli tahlil qilinib yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.