Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida ochiq dars mashg‘uloti va uning tahlili o‘tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan darslar doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 22-sentabr kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri N.E.Yuldasheva tomonidan “Pedagogning professional kompetentligi va mahorati” modulidan Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari yoʻnalishi 3-guruh tinglovchilariga “Pedagogning autopsixologik kompetensiyalari va professional kompetentlikni rivojlantirish texnologiyalari” mavzusidagi ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.
Ushbu ochiq darsda “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi hamda dars to‘laqonli tahlil qilinib yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.

