Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida ochiq dars mashg‘uloti va uning tahlili o‘tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan darslar doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 7-sentabr kuni “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida katta o‘qituvchi D.E.Toxtasinovning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Zoom platformasi orqali “Gimnastika nazariyasi va uslubiyati” modulidan “Gimnastika mashg‘ulotlarida foydalaniladigan zamonaviy maxsus atamalar va gimnastikani o‘qitishning vosita va uslublari” mavzusidagi onlayn ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ushbu ochiq darsda “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Q.Nazirov hamda kafedra professor-o‘qituchilari ishtirok etishdi hamda dars to‘laqonli tahlil qilinib yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.


