Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida ochiq dars mashg‘uloti va uning tahlili o‘tkazildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali  professor o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan darslar doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda. 

Jumladan, joriy yilning 12-sentabr  kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar”  kafedrasida dotsent, f.f.b.f.d.(Phd) U.A. Azimov tomonidan Zoom platformasi orqali jismoniy tarbiya instruktorlari malaka oshirish kursi tinglovchilariga 1.1-modulidan “Ta’lim va tarbiya sohasidagi islohotlar-jamiyat rivojining muhim omili” mavzusida onlayn ochiq darsi tashkil etildi.
Ushbu ochiq darsda “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar”  kafedrasi mudiri N.Yuldasheva hamda kafedra professor-o‘qituchilari ishtirok etishdi hamda dars to‘laqonli tahlil qilinib yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.