Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida joriy yilning 16-may kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri N.E.Yuldasheva tomonidan “Pedagogning professional kompetentligi va mahorati” modulidan Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari yoʻnalishi 1-guruh tinglovchilariga “Pedagog professional kompetentlikni rivojlantirishning nazariy asoslari” mavzusidagi ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan ochiq dars mashgʻulotida filial professor-oʻqituvchilari ham qatnashdi hamda tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


