Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda!
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Filial hududi tobora ko‘rkam tus olib, zamonaviy sharoitlar yaratilib bormoqda. Ayniqsa, filial xodimlari hamda tinglovchilar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim o‘rin tutuvchi sport maydonchalari zamon talablari asosida asfaltlanmoqda. Bu esa kelgusida o‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlari va ommaviy tadbirlar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.


