Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida oʻquv yilining ikkinchi yarim yilligiga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida oʻquv yilining ikkinchi yarim yilligiga tayyorgarlik ishlari qizgʻin davom etmoqda. 
Jumladan, filial kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, mutaxassis hamda xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini onlayn va offlayn shakllarda tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorida belgilangan vazifalar mazmun mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.