Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha hisobotlar tahlil qilindi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida filialning oʻquv, ilmiy va xalqaro aloqalar boʻyicha direktor o‘rinbosari B.V.Bekov tomonidan maʼmuriyat xodimlari va professor-oʻqituvchilar ishtirokida yigʼilish oʻtkazildi.
Yigʼilish davomida B.V.Bekov filialda joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida amalga oshirilgan ishlar, jumladan oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha hisobotlar atroflicha tahlil qilindi.
Yigʼilish soʼngida amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar yuzasidan topshiriqlar va kelgusi rejalar boʼyicha fikr-mulohazalar va takliflar berib o'tildi.


