Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida Navro'z bayrami tadbirlari avvalida ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.
Har kuni ertalab 10 daqiqa jismoniy mashqlar bilan shugʼullanish kundalik ish koeffitsentini 65-70 foizga koʼtarishi isbotlangan. 15 daqiqa badantarbiya qilgan kishining xotirasi tiniqlashib, aqli va koʼzi oʼtkirlashadi, harakat-tayanch tizimi faoliyati yaxshilanadi.
Ushbu maqsadda Farg'ona filiali xodimlari hamda tinglovchilari ishtirokida muntazam ravishda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

